Turkiyada, mamlakat fuqarosi Alparslon Çelik ustidan mahkama jarayoni boşlandi. U, noqonuniy qurol saqlaganlik va olib yurganlikda ayblanmoqda. Bundan avval, uning zimmasidan Rossiya uçuvçisi Oleg Peşkovni öldirganlik aybi soqit qilingan edi. Sud işi mamlakat ğarbidagi Izmir şahrida bölib ötadi.
2015 yil 24 noyabrda Turkiya HHKning qiruvçi samolyoti Rossiyaning Su-24 bombardimonçi samolyotini urib tuşirgan, katapulta qilişgan ulgurgan Peşkovni esa, yerdan otib öldirişgan edi. Keyinroq, Çelik uşbu qotillikka aloqasi borligini e'lon qilgandi. Şundan söng, u şu yilning aprel oyida Izmirda qölga olingan edi.
Çelik, tergov çoğida, Peşkovga şaxsan otmaganini, qöli ostidagilarga ham otişni buyurmaganini ta'kidlab, jangovar guruh rahbari sifatida aybni zimmasiga olganini bildirgan.
Turkiya sudi uning aybini tan olsa, Çelikka beş yildan sakkiz yilgaça qamoq jazosini tayinlaşi mumkin.







