Yamanning Al-Muqalla şahrida yuz bergan 4 ta portlaş qurbonlari soni 17 kişiga yetdi, deb xabar bermoqda Sky News Arabiya.
Avvalroq 14 kişi halok bölgani ma'lum qilingandi. Telekanal ma'lumotlariga köra, portlaşlarni terrorçi-xudkuşlar amalga oşirgan.
"Al-Xadas" telekanalining ma'lum qilişiça, hujumlardan maqsad harbiy obektlarni nişonga oliş bölgan.
Ayni vaqtda birorta terrorçilik guruhi portlaşlar uçun javobgarlikni öz zimmasiga olmagan.
Biroq Reuters axborot agentligi ma'lumotlariga köra, uçta portlaş yuz bergan, 14 kişi halok bölgan, 15 kişi jarohatlangan. Agentlikning ma'lum qilişiça, bu hujumlar uçun javobgarlikni IŞID öz zimmasiga olgan.







