2016 yil 27 iyunida Bolgariya poytaxti Sofiya şahrida «Bolgariya-Özbekiston» biznes-forumi bölib ötdi. Unda ikki mamlakat işbilarmon doiralari vakillari iştirok etişdi. 

Uşbu biznes-forum kiçik va örta korxonalarni rivojlantirişga kömaklaşiş masalalari böyiça ijroçi agentlik tomonida taşkil etilgan. 
Forum işida, ikki mamlakatning oziq-ovqat sanoati, qişloq xöjaligi, vinoçilik, tekstil sanoati kabi turli sohalarda faoliyat yurituvçi 60dan ortiq kompaniyalari qatnaşgan. 

Bolgariya iqtisodiyot vaziri örinbosari Lyuben Petrovning aytişiça, Bolgariya ikki mamlakat savdo-sanoat palatalari örtasidagi hamkorlik faoliyatini kengaytirişga tayyordir. 

Petrovning qöşimça qilişiça, Bolgariya Özbekistonni Markaziy Osiyo mintaqasidagi asosiy hamkori deb biladi. U şuningdek, uşbu ikki davlat örtasidagi munosabatlar taraqqiy etişi va mustahkamlanişiga umid bildirgan. 

Işbilarmonlar biznes-forum çoğida, ikki davlatning iqtisodiy va sarmoyaviy imkoniyatlari bilan tanişib, maxsus sanoat hududlaridagi şaroitlar haqida ma'lumotlar olişgan. Bundan taşqari, qöşma loyihalar borasida fikr almaşilgan. 

Foto: UzDaily