Standard&Poor's (S&P) va Fitch xalqaro reyting agentliklari Buyuk Britaniyaning milliy va xorijiy valyutadagi uzoq muddatli kredit reytingini pasaytirdilar. Bu haqda agentliklar matbuot-byonotida aytilgan.
S&P Buyuk Britaniyaning bu reytingini eng yuqori "AAA" körsatkiçidan salbiy prognozli "AA" körsatkiçiga özgartirdi.
Fitch, öz navbatida, reytinglarni "AA+" dan salbiy prognozli "AA"gaça pasaytirdi.
"Reytingning pasaytirilişi Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqidan çiqadigan bölsa, bu mamlakat iqtisodiyotiga umumiy holda hamda mamlakatning YaIM ösişi va byudjyet balansiga salbiy ta'sir qilişi mumkinligi haqidagi fikrimizni aks ettiradi", deb aytmoqdalar S&P tahlilçilari.
Reyting böyiça salbiy prognoz mamlakatning iqtisodiy xatarlari hamda Buyuk Britaniya milliy valyutasi – funt sterlingning zaxira valyutasi sifatidagi rolini namoyiş qiladi.
Fitch tahlilçilari fikriça, referendum atrofidagi mavhumlik mamlakatning YaIM ösişining qisqa muddatli istiqbolda sekinlaşişiga olib kelişi mumkin. Fitch Britaniya YaIM ösişini 2016 yilda avvalgi 1,9 foizdan 1,6 foizgaça, 2017-2018 yillarda esa 2 foizdan 0,9 foizgaça pasaytirdi.







