"Barselona" futbol klubi va Urugvay terma jamoasi hujumçisi Luis Suares uning klubdoşi Lionel Messi öz fikrini özgartirib, Argentina terma jamoasi safida iştirok etişni davom ettirişi haqidagi fikr bildirdi. 29 yoşli Messi Argentina Amerika Kubogi finalida Çilidan mağlubiyatga uçragaç, terma jamoadagi faoliyatini tugatişini aytgan.
"Men Messi fikrini özgartiradi deb işonaman. Biroq istalgan vaziyatda u tarixdagi eng yaxşi futbolçi bölib qoladi. Leoni bilganim uçun u buni umidsizlik va çorasizlik vaqtida aytgan, deb ayta olaman. Messining qarori butun dunyo futboli uçun yöqotişdir, biroq u fikrini özgartirişiga işonçim komil. Hozir Lionelga muşkul", deb aytdi Suares Radio Tenfield’ga bergan intervyusida.







