Rossiyalik marhum uçuvçi Oleg Peşkovning oilasi a'zolari Turkiyadan tovon tölaşni talab qilib murojaat qilsa, bu masala Turkiya tomonidan körib çiqilişi mumkin. Bu haqda Turkiya prezidentining matbuot xizmati rahbari Ibrohim Qalin NTV telekanali orqali ma'lum qildi.

"Biz zarurat tuğilsa, Turkiya prezidenti maktubida aytilgani kabi "marhumning oila a'zolari qayğusini yengillatiş uçun" şunday qadam taşlaşga tayyormiz. Agar bu oila vakillari tegişli murojaat bilan çiqsa, biz albatta buni inobatga olamiz va bu masalaga insoniy nuqta nazardan qaraymiz. Hozirça bizga bunday murojaat kelib tuşmagan", degan u.

Qalin Turkiya prezidentining Putinga yöllagan maktubida marhum uçuvçining oilasi uçun atalgan qismida "uzr" sözi işlatilganini qayd etgan.

"Bu barça insonlarga xos hamdardlik sözlari. Inson ölimi bilan tugagan voqea uçun prezident marhumning yaqinlariga ta'ziya bildirgan. Bu Rossiya tomonidan qabul qilingani bizni xursand qildi", degan Qalin.