Özbekistonning birinçi raqamli tennisçisi Denis Istomin Angliyaning London şahrida “Katta dubulğa” turkumiga kiruvçi eng nufuzli tört turnirdan biri – “Uimbldon – 2016”ni ğalaba bilan boşladi. Bu haqda “ÖzA” xabar bermoqda.
 
Denis Istomin yakkalik bahslarining birinçi davrasida Janubiy Afrika Respublikasi vakili Kevin Andersonga qarşi kortga çiqdi.  Beş set davom etgan uçraşuvda özbekistonlik tennisçi 4:6, 6:7, 6:4, 7:6, 6:3 hisobida ğalaba qozondi. U ikkinçi davrada ispaniyalik Nikolas Almagro bilan kuç sinaşadi.
 
Buyuk Britaniyada bölib ötayotgan Xalqaro tennis federatsiyasining musobaqalar taqvimidan joy olgan xalqaro turnirda özbekistonlik yoş tennisçi Humoyun Sultonov uçinçi bosqiçga çiqdi.
 
Humoyun dastlab avstraliyalik Aleksey Popirin, ikkinçi davrada serbiyalik Miomir Kejmanoviç ustidan zafar quçdi. Endi u keyingi bosqiçda mezbonlar vakili Alesteyr Grey bilan bahslaşadi.