FIFA öz prezidenti Janni Infantinoga qarşi rasmiy taftiş olib bormayapti. Bu haqda FIFAning axloq böyiça qömitasi raisi Roman Geyzer ma'lum qildi.
Avvalroq Frankfurter Allgemeine Zeitung nemis gazetasi vaziyatdan taniş bölgan manbaga iqtibos keltirgan holda, FIFAning axloq böyiça kömitasi Infantinoga unga taşkilotning mablağlarini şaxsiy maqsadda işlatib yuborgani uçun dastlabki tergovni boşlaganini ma'lum qilgandi.
"Biz janob Infantinoga nisbatan heç qanday rasmiy taftiş mavjud emasligini aytib ötmoqçimiz", deb ta'kidlab ötdi Geyzer.
Infantino qonun buziş bilan birinçi marta boğlanayotgani yöq. Avvalroq Die Welt gazetasi Infantino buyruği bilan FIFAning 8-10 may kunlaridagi yiğilişi bayonnomasi yöq qilinganini ma'lum qilgan. Manbaning ta'kidlaşiça, Infantino uşbu işi uçun 90 kunga lavozimidan çetlatişi mumkin bölgan. Keyinroq FIFAning aloqalar böyiça departamenti direktori Deliya Fişer gap öçirilgan nusxa haqida ketayotgani, original audiofayl jsa mavjud bölib, tegişliça ravişda FIFAda saqlanayotganini aytgan.







