“Ijtimoiy fikr” jamoatçilik fikrini örganiş markazi 2016 yilning 23-24 iyun kunlari Toşkentda ötkazilgan Şanxay hamkorlik taşkiloti Davlat rahbarlari kengaşi majlisi yakunlarini örganişga bağişlangan ekspress-sörov ötkazdi. Bu haqda “ÖzA” xabar bermoqda.
Sörov natijalari şundan dalolat beradiki, Özbekiston fuqarolari Prezident Islom Karimovning Şanxay hamkorlik taşkilotiga Özbekistonning raisligi davridagi faoliyatiga yuksak baho bergan. ŞHT Davlat rahbarlari kengaşining Toşkentdagi majlisi uşbu taşkilot tarixida ŞHT faoliyati samaradorligini oşiriş, mintaqaviy hamkorlikni kengaytiriş hamda xavfsizlikni mustahkamlaş maqsadida muhim kelişuvlarga erişilgan sammit sifatida alohida örin egallaşini ta'kidlagan.
Fuqarolarning aksariyati (91,8 foizi) sammitni kuzatdingizmi, degan savolga ha, deb javob bergan.
Sörov xalqimiz öz mamlakati va eng nufuzli taşkilotlardan biriga uç marta raislik qilgan Prezidenti hamda uning xalqaro maydonda obro‘-e'tibori ortib borayotgani bilan faxrlanişini körsatdi. Sörov iştirokçilarining 100 foizi şunday javob bergan.
Fuqarolarimiz Toşkent sammitida Hindiston va Pokistonning taşkilotga qöşilişi töğrisidagi masala hal etilganini ijobiy baholaydi.
Sörov yakunlarining körsatişiça, özbekistonliklar sammit natijalaridan töla qoniqiş hosil qilgan. 98,2 foiz iştirokçining fikriça, ŞHTning Özbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov raisiligida ötgan Toşkent sammiti ŞHT Davlat rahbarlariga taşkilot doirasida köp tomonlama va özaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlaşga doir muhim masalalarni muhokama qiliş bilan birga, boşqa mintaqaviy va xalqaro dolzarb masalalar böyiça fikr almaşiş imkonini berdi.
Özbekistonliklarning köpçiligi (92,4 foizi) sammitda ŞHTni yanada mustahkamlaş, unga a'zo davlatlar xavfsizligi va barqaror taraqqiyotini ta'minlaş, barça sohalarda hamkorlikni kengaytiriş, şuningdek, terrorizm, ekstremizm va separatizmga qarşi kuraşiş böyiça erişilgan kelişuvlarni töliq qöllab-quvvatlaydi.
Sörovda iştirok etgan 99,6 foiz respondentning fikriça, Şanxay hamkorlik taşkiloti Davlat rahbarlari kengaşining 15-yubiley majlisi Toşkentda muvaffaqiyatli ötkazilgani mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi mavqeini yanada yuksaltirişga xizmat qiladi.







