Argentinaning Buenos-Ayres provinsiyasida yölovçi va yuk poyezdlarining töqnaşib ketişi natijasida 40 nafar kişi jarohatlandi. Bu haqda Todo Noticias telekanali xabar bergan.
Voqea Roson aholi yaşaş punktining temir yöl stansiyasida yuz bergan. Jarohatlanganlar yaqinda joylaşgan şifoxonalarga yotqizilgan. Kamida ikki nafar kişi jiddiy jarohat olgan.
Avariya sabablari örganilmoqda. Yölovçi poyezdi Xunin şahridan Argentina poytaxti tomon yöl olgan bölgan.







