Xalqaro valyuta jamğarmasi ötgan haftada ötkazilgan Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqini tark etişi böyiça referendum natijalaridan keyin moliyaviy barqarorlaştiriş jarayonida faol iştirok etmoqda. Bu haqda fond vakili Jyerri Raysga asoslanib, RIA Novosti xabar tarqatgan.

"Biz moliyaviy barqarorlaşuv jarayoniga qöşilamiz va fondga a'zo bölgan, Brexit tufayli jabr körgan barça mamlakatlarga zarur yordamlarni körsatişga tayyormiz. Men aynan qaysi mamlakatlar bilan qanday muzokaralar bölib ötayotganini aniq ayta olmayman. Lekin barçasi tartib bilan ketmoqda", degan u.

Bundan oldinroq, XVJ rahbari Kristin Lagard moliyaviy bozor Brexit oqibatlarini yetarliça baholay olmagani haqida aytib ötgandi.