Ikki nafar ofitser va tört nafar oddiy askardan iborat Misr harbiylari Liviya bilan çegarada patrullik vaqtida qurollangan guruh bilan töqnaşuvda halok böldi. Bu haqda Misr mudofaa vazirligi ma'lum qilgan. Uç nafar harbiy xizmatçi jarohatlangan.

Vazirlik ma'lumotlariga köra, qurollangan guruh bilan töqnaşuv çegarada joylaşgan Al-Farafra tumanidagi patrullik vaqtida röy bergan.

Şuningdek, ma'lum qilişlariça, çölli Al-Farafra tumanida narkotik moddalar, sigaret va qurol kontrabandasi bilan şuğullanuvçi guruh faoliyat yuritadi.