Xitoy Hongkong maxsus ma'muriy viloyati bilan munosabatlarda "bir mamlakat – ikki tizim" tamoyiliga qat'iy rioya qiladi va honkongliklarga öz viloyatlarini özi boşqarişi uçun imkon beradi, deya ma'lum qildi XXR raisi Si Jinping.
"Bir davlat – ikki tizim" siyosati amaliyotda özining hayotiy kuçini körsatdi. Duç kelişi mumkin bölgan qiyinçilik va muammolarga qaramay biz bu tamoyilga bölgan e'tiqod va işonçni yöqotmasligimiz kerak. Biz hongkongliklar Hongkongni, aominliklar esa Aominni boşqarişi uçun bu tamoyilni qat'iy holda qöllab-quvvatlaymiz", — deya ta'kidladi Si Jinping Xitoy kommunistik partiyasining 95 yilligi munosabati bilan taşkil etilgan tatanali yiğilişda.
Uning qayd etişiça, Xitoy hukumati iqtisodiyot va aholi turmuş darajasini oşirişda hissa qöşuvçi maxsus viloyatlarni qöllab-quvvatlaydi.
"Bir davlat — ikki tizim". Ötgan asrning 80-yillari boşida Den Syaopin tomonidan taklif etilgan ğoya bölib, unga köra faqat Xitoy bölişi kerak edi. Biroq amalda Hongkong, Makao va Tayvan özining kapitalistik iqtisodiy va siyosiy tizimiga ega böldi, holbuki bu vaqtda Xitoyning boşqa hududlarida sotsialistik tizim mavjud bölişi kerak edi.







