Iordaniya çegarasidagi vaqtinçalik qoçqinlar lagerida 85 ming nafardan ziyod suriyalikka ön kundan buyon faqatgina suv berilmoqda. Bu haqda BMT boş kotibi vakili Stefan Dyujarrik aytib ötgan.
“BMT va uning hamkorlari Suriyaning Iordaniya bilan çegaradoş hududdagi qoçqinlarning vaqtinçalik lageridagi odamlarga suv, yegulik va tibbiy jihozlar yetkazilişni zudlik bilan tezlaştiriş kerakligiga çaqirmoqda. U yerdagi odamlar juda qiyin vaziyatga tuşib qolişgan”, - deydi Dyujarrik.
Vaziyat 21 iyun kuni qoçqinlar lageridan unça uzoq bölmagan yerda avtomobilning portlaşi natijasida Iordaniya çegarasining yopilişidan söng taranglaşdi. Öşanda olti nafar iordaniyalik çegaraçi halok bölgan, 14 nafari yaralangan edi. Teraktni IŞID terrorçilik guruhi öz zimmasiga olgandi.







