Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğan suriyalik qoçqinlarga fuqarolik taqdim etişga tayyorligini ma'lum qildi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar tarqatgan.
«Orangizda Turkiya fuqarosiga aylanişga qarşi emaslar bor deb öylayman. Turkiya IIV bu yönalişda navbatdagi qadamni taşlaydi. Biz suriyalik birodarlarimizga fuqarolik berişga tayyormiz», — degan u.
Erdöğanning aniqlik kiritişiça, Turkiya Suriya masalasida 6 yil oldingi pozitsiyasida qolişini ma'lum qilgan. U Suriyadagi siyosiy beqarorlikda mamlakat prezidenti Başar Asadni ayblaşda davom etgan.
«Suriya tepasida turgan hukmdor mamlakatni jar yoqasiga olib keldi. 600 ming kişining ölimiga sabab bölgan inson mamlakatni boşqarişda davom etmasligi kerak», — degan u.
Turkiyada ayni paytda 2,7 million qoçqin istiqomat qilayotgani qayd etilgan. Şuningdek, yuz minglab noqonuniy yaşayotgan va işlayotgan muhojirlar ham bor. Muxolifatga köra, Erdöğanning qarori hukmron partiyaga 3 milliongaça yangi ovozlarni olib kelişi va 2019 yilgi saylovlar natijasini özgartirib yuborişi mumkin.
Bundan oldinroq, Turkiya Rossiya bilan munosabatlari yaxşilanişi ortidan Suriya böyiça pozitsiyasini özgartirişi mumkinligi haqida xabar qilingandi.







