Eron diniy rahbari oyatulloh Ali Xomaneiy AQŞ bilan hududiy muammolarni hal etiş masalasida, xususan Suriya mavzusida hamkorlik qilinmasligini ta'kidladi. U bu haqda Tehronda talabalar bilan ötkazilgan uçraşuvi vaqtida gapirgan.

"Biz bunday hamkorlikka bormaymiz. Asosiy maqsadi Eronni yöq qiliş bölgan AQŞ bilan heç qanday hamkorlik bölmaydi", deya Xomaneiyning sözlarini keltiradi TASS.

Bundan oldinroq Vaşingtondagilar Suriya masalasida Eron bilan hamkorlik qilinişi ehtimoli haqida gapirişgandi.

Eron rahnamosining sözlariga köra, "Eron AQŞ mintaqadagi işlarga aralaşmasligi"ni istaydi.

"Kimki Eronni öz taraqqiyoti uçun Ğarbga suyanadi deb öylasa, u butunlay aqlini yöqotgan böladi. Men bunday iş bölişiga qarşilik körsatişni özimning ma'naviy va diniy burçim deb hisoblayman", degan u.