Apple kompaniyasi Rossmann Repair Group muhandisi Luis Rossmanning MacBook Air noutbukining mustaqil ravişda amalga oşirgan ta'mirining videosini YouTube’dan olib taşlaşga majburladi. Bu voqeaga 9to5mac portali öz e'tiborini qaratdi.
Rolikning muallifi qurilmaning asosiy platasidagi muammoni 1 dollarlik uskunalar yordamida qanday tuzatişni videoda körsatib bergan. Apple servis markazida esa bunday ta'mir amalga oşirilsa, asosiy plataning özini almaştirişni talab etiladi va bu mijozlar uçun 750 dollarni taşkil etadi.
Video omma orasida juda ham maşhur bölib, «olmalar» korporatsiyasi huquqşunoslarining e'tiborini qaratgan. Öz navbatida, ular Rossmanga murojaat etişgan. Apple vakillarining fikriga köra, muhandis kompaniya mahsulotlarining mualliflik huquqi bilan himoyalangan sxema bölaklarini videoda körsatmoqda. Huquqşunoslar agar Rossman rolikni öçirib taşlamasa, kompaniya sudga murojaat qilişini aytib ötişdi.
Norasmiy markaz egasi videoni tarmoqdan öçirdi va foydalanuvçilarga tasvirni yuklab olişlarini maslahat berdi. Şuningdek Rossman Apple kompaniyasining sudga murojaat etiş e'tirozlari haqida sözlab beriş taqiqlanganligini ta'kidladi. Ammo muhandis korporatsiyaga qarşilik körsatişi kerakligini aytib ötgan.







