Afrikaning Gambiya davlatida 27 mansabdor şaxs xizmat maşinalari va boşqa buyumlarni firibgarlik yöli bilan olganlikda gumon qilinib, öz lavozimidan mahrum böldi. Bu haqda mahalliy televideniyega iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

Mamlakat hukumatidagi manbaning aytişiça, mansabdorlarning faoliyatini milliy razvedka agentligi tergov qiladi.

Ötgan yil dekabrda Gambiya prezidenti Yayya Jamme mamlakatni musulmon davlat deb rasman tan olgani ma'lum qilingandi. Joriy yil oxirida mamlakatda prezidentlik saylovlari bölib ötadi va unda Jamme 5-muddatga prezidentlikka nomzodini qöymoqçi.