«Mançester Yunayted» «Yuventus»ga Pol Pogbani qaytariş uçun rekord darajadagi 120 million yevroni tölaşga tayyor. Bu haqda Italiyadagi Sky Sport Italia va Angliyadagi Daily Mail naşrlari bir vaqtda xabar tarqatişdi.

Gianlucadimarzio.com naşri xabariga köra esa, mançesterliklar futbolçining özi bilan şaxsiy şartnoma bandlari böyiça kelişuvga erişgan. 23 yoşli futbolçi bilan 5 yillik şartnoma tuziladi va unga yiliga 17 million yevrolik maoş tayinlanadi.

Hozirça dunyoning eng qimmat futbolçisi 2013 yilda 101 million yevro evaziga «Tottenhem»dan «Real»ga ötgan uelslik  yarim himoyaçi Garet Beyl hisoblanadi.

Pogba «MYu» tarbiyalanuvçisi hisoblanadi. 2012 yilda u «MYu»dan «Yuventus»ga erkin agent sifatida ötgandi.

Bundan oldinroq, Madridning «Real» jamoasi uşbu futbolçini qölga kiritişi aniq bölgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Ayni vaqtda Fransiya terma jamoasi bilan Yevropa çempionatidagi iştirokini davom ettirayotgan Pogba 7 iyul kuni Germaniyaga qarşi yarim final öyinida maydonga tuşişi kutilmoqda. U turnirda şu vaqtgaça 1 golga mualliflik qildi.

Pogba ötgan mavsumda «Yuventus» safida 49 öyin ötkazib, 10 gol urdi va 16 marta şeriklarini golli pas bilan ta'minladi. Uning hisobida şuningdek, 12ta sariq kartoçka töplandi.

Eslatib ötamiz, 5 iyul kuni rasman jamoa boş murabbiyi sifatida taniştirilgan Joze Mourino özi istagan 3ta transfer amalga oşgani («Vilyarreal»dan himoyaçi Erik Bayi, «Borussiya D»dan Genrix Mxitaryan va erkin agent sifatida Zlatan Ibrahimoviç) va yana bittasi qolgani haqida gapirib ötgandi.