Özbekistonda kuydirgi kasalligi va boşqa xavfli yuqumli kasalliklarni keltirib çiqaruvçi tabiiy öçoqlar ustidan doimiy laboratoriya monitoringi yuritilmoqda. Tegişli vazirlik, idora va taşkilotlar, ilmiy-tadqiqot va tibbiyot muassasalari, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya sohasi mutaxassislari, jamoat tuzilmalari iştirokida profilaktika va epidemiyaga qarşi çora-tadbirlar rejasi qabul qilinib, hayotga izçil tatbiq etilmoqda. Bu jarayonda joylardagi sanitariya nazorati, veterinariya punktlari faoliyatini yanada takomillaştiriş, oziq-ovqat mahsulotlari sifatini qat'iy nazoratga olişga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bu haqda Özbekiston Respublikasi soğliqni saqlaş vazirining örinbosari, boş davlat sanitariya vraçi Saidmurod Saidaliyev bu xususda ÖzA muxbiriga ma'lumot bergan.

Qayd etiş kerakki, Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti va Hayvonlar soğliğini himoya qiliş xalqaro taşkiloti ma'lumotlariga köra, ayrim mamlakatlarda bir qator xavfli yuqumli kasalliklar, xususan, kuydirgi, Qrim-Kongo gemorragik isitmasi böyiça vaziyat murakkab bölib turibdi. 

"Bu yil qiş odatdagidan ança iliq keldi. Bu xavfli yuqumli kasalliklarni keltirib çiqaruvçi haşarotlarning köpayişiga zamin yaratdi. Bunday vaziyatda uşbu haşarotlar yaşaydigan hududlarda kuzatuv, monitoring nazorat işlarini kuçaytiriş, dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya işlarini tizimli asosda taşkil etiş muhim ahamiyatga ega. Olimlar va mutaxassislar arbovirusli infeksiyalarning etiologiyasi, epidemiologiyasi, epizootologiyasini örganiş yuzasidan ilmiy izlaniş olib bormoqda. 

Aytiş joizki, kuydirgi va Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi qözğatuvçilarining asosiy manbalari çorva mollari hisoblanadi. Şu bois profilaktika çora-tadbirlarini avvalo çorva mollari örtasida ötkaziş, veterinariya punktlari va laboratoriyalarining salohiyatini yuksaltiriş muhim ahamiyatga ega. Ana şu vazifalarni bajariş yuzasidan keng qamrovli işlar amalga oşirilayotir. Çorva mollarini öz vaqtida veterinariya körigidan ötkaziş, yuqumli kasalliklarga qarşi emlaş yölga qöyilgan. Mol söyiladigan zamonaviy kuşxonalar, maydonçalar barpo etilib, ular zarur vositalar bilan jihozlangan. Sifatli göşt va göşt mahsulotlarini işlab çiqariş, iste'molçiga sanitariya talablariga mos holda yetkaziş tizimi şakllangan. 

Kuydirgi va boşqa xavfli yuqumli kasalliklarning insonlar orasida uçraşining oldini oliş borasida sanitariya-epidemiologiya sohasi va tibbiyot xodimlari tomonidan tizimli işlar amalga oşirilayotir. Çegara hududlarida faoliyat yuritayotgan sanitariya nazorati punktlarida çetdan kirib kelayotgan xorijiy fuqarolar tibbiy körikdan ötkazilmoqda. Tibbiyot xodimlari huşyorligini oşiriş maqsadida joylarda malaka oşiriş maşğulotlari, seminar-treninglar taşkil etilmoqda. Bu jarayonda kasallikning etiologiyasi, epidemiologiyasi, diagnostikasi, klinikasi, profilaktika va davolaşning samarali usullari yuzasidan tajriba almaşilmoqda", degan vazir örinbosari.

Özbekiston Qişloq va suv xöjaligi vazirligi davlat veterinariya boş boşqarmasi boşliği Bahrom Norqobilovning ma'lum qilişiça, Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi kelib çiqişining oldini oliş maqsadida joriy yilda 230 mingga yaqin çorvaçilik obektlari dezinfeksiya qilindi. Şuningdek, 24 milliondan ortiq çorva profilaktik çömiltirildi. 30 million boşdan ortiq çorva mollari kuydirgi, 6 million 182 ming boş çorva oqsil kasalligiga qarşi emlandi. 

Kuydirgi, oqsil va boşqa turdagi xavfli kasalliklar yurtimizga çetdan kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş maqsadida bozorlarda, kuşxona, söyiş maydonçalari, göşt dökonlari va boşqa joylarda çorva mollar migratsiyasi ustidan davlat veterinariya nazorati yanada kuçaytirildi. Qöşni davlatlar bilan çegara hududlardagi barça çorvaçilik obektlari dezinfeksiya qilinib, çorva mollari körikdan ötkazilib, çömiltiriş tadbirlari amalga oşirildi. Qöşni davlatlardan olib kelinayotgan çorvaçilik mahsulotlari va hayvonlarni yurtimizga kiritiş borasida ba'zi çeklovlar örnatildi. Yuqumli kasalliklar qayd etilgan davlatlardan ruxsatnomasiz olib kelingan dekorativ quşlar, tuxum, göşt-sut va ulardan tayyorlangan mahsulotlar mamlakatimiz hududiga kirişining oldi olinmoqda. 

Ilmiy manbalarda kuydirgi kasalligi bakteriyasining sporali şakli taşqi muhitga öta çidamli ekani qayd etilgan. Olimlar uning uzoq yillargaça tuproqda tirik saqlaniş xususiyati borligini aniqlagan. Hayvonlar kasallikni tuproqda yotgan ana şu sporalar orqali yuqtiradi. Qrim-Kongo gemorragik isitmasi çorva mollarida uçraydigan kanalar orqali tarqaladi. 

Bunday kasalliklar odamlarga yuqqanda, yaşirin davri bir neça kungaça davom etadi. Kuydirgida badanda yara paydo böladi. Qrim-Kongo gemorragik isitmasida harorat kötarilib, badanga toşmalar toşadi, zaharlaniş alomatlari namoyon böladi, qon ketadi. Bunday holatlarda zudlik bilan tibbiyot xodimlariga murojaat qiliş zarur. Uyda özi bilganiça davolaniş oğir asoratlarga olib kelişi mumkin. Şifoxonalarda bunday xastaliklarni barvaqt aniqlaş va samarali davolaş uçun barça şaroit yaratilgan.

Bunday muammolar kelib çiqişining oldini oliş har bir insondan tibbiy madaniyat va öz salomatligiga e'tiborli bölişni talab etadi. Buning uçun soğlom turmuş tarziga, sanitariya-gigiyena qoidalariga töla rioya etiş lozim. Uylarda qoramol boqişda molxonalarni toza tutiş, göng va boşqa çiqindilarning yiğilib qolişi oqibatida turli infeksiyalarning paydo bölişiga yöl qöymaslik hamda dezinfeksiya, dezinseksiya tadbirlarini ötkaziş, hayvonlarni yiliga bir marotaba kuydirgi kasalligiga qarşi profilaktik emlatiş, hayvonlarda biror-bir kasallik alomatlari kuzatilganda darhol hududiy veterinariya xizmatiga murojaat etiş darkor. 

Bugungi kunda aholiga bu borada qulaylik yaratiş va epidemiyaga qarşi tadbirlarni öz vaqtida taşkil etiş maqsadida tumanlarda sanitariya-epidemiologiya, veterinariya xodimlari, şifokorlar, mahalla faollari hamkorligida maxsus guruhlar tuzilib, ular xonadonlarda çorva mollarini körikdan ötkaziş, hududlarda sanitariya-epidemiologiya holatini barqaror saqlaş böyiça iş olib bormoqda. 

Aholining tibbiy madaniyatini va huşyorligini oşiriş maqsadida mahallalarda tibbiy tarğibot tadbirlari taşkil etilmoqda. Mobil telefonlarga öta xavfli yuqumli kasalliklardan himoyalaniş böyiça sms-xabar jönatiş yölga qöyildi. Ommaviy axborot vositalarida mutaxassislarning çiqişlari, maxsus körsatuv, eşittirişlar taşkil etilmoqda. Bunday tadbirlardan közlangan maqsad yuqumli kasalliklar böyiça ma'lumot beriş, epidemiologik barqarorlikni ta'minlaş, pirovard natijada inson salomatligini asraşdir. Bu borada yaratilayotgan zamonaviy şaroitlardan oqilona foydalaniş, mamlakatimizda sanitariya-epidemiologiya holati barqarorligini ta'minlaşga hissa qöşiş har birimizning burçimizdir. Binobarin, heç qanday xavotirga örin yöq.