Kuni keça Toşkent davlat şarqşunoslik institutida bakalavr hamda magistr bitiruvçilariga diplom topşiriş marosimi bölib ötdi. 2016 yilda bakalavr yönalişini 461 nafar talaba (şu jumladan, 14 nafari imtiyozli diplom bilan) va magistratura yönalişini 106 nafar magistr tamomladi. Tadbirda institutning professor-öqituvçilari, ota-onalar hamda bitiruvçi talaba-yoşlar iştirok etişdi.

Tadbirda institut rektori A.M.Mannonov bitiruvçi talabalarga özining samimiy tilaklarini bildirar ekan, eng avvalo, ularga sihat-salomatlik, yillar davomida egallagan bilimlarini el-yurt ravnaqi yölida sarf qilib, mamlaktimiz rivojida hissa qöşişda heç tolmaslikni, kelgusidagi işlarida omad yor bölişini tilab qoldi. Bitiruvçi talabalar öqişga kirgan yillaridan bugungi kunga qadar yaxşi bir mutaxasssis bölib yetişişlarida öz bilimini ayamay fidokorona mehnat qilgan, öz kasbiga sidqi dildan yondoşgan barça ustozlariga minnatdorçilik bildirgan holda ularning bergan saboqlari hayot yöllarida katta ahamiyat kasb etişini alohida ta'kidlab ötdilar.

Endilikda ular turli hil şarq va ğarb tillarini biladigan siyosatşunos, iqtisodçi, tarixçi, şarq madaniyati falsafaşunoslari va filologlardir.
Nafosat Zafarova, TDŞI talabasi







