Italiyalik maşhur modeler Jorjo Armani Germaniyaning “Bavariya” futbol klubi uçun kiyim işlab çiqaradi. Bu haqda “Armani guruhi” matbuot xizmati ma'lum qilgan. Aytilişiça, “Armani” boşqa futbol klublari bilan hamkorlik qilmaydi.

Armani ança vaqtdan beri sport kiyimlari tayyorlaş va işlab çiqariş bilan şuğullanib keladi. Brendning eng katta muvaffaqiyati London-2012 Olimpiada öyinlarida Italiya milliy olimpiya qömitasi bilan hamkorlik qilib, terma jamoaga kiyimlar tayyorlab bergandi. "Armani" kiyimida italyan sportçilar Soçida ötgan qişki Olimpiada öyinlarida musobaqada qatnaşişgan edi.

"Skuadra adzurra"ning yangi kolleksiyasi Rioda ötadigan Olimpiada öyinlarida ham namoyiş etiladi. Har bir sportçi, jumladan, paralimpiya jamoasi ham brendning qator kiyimlari bilan ta'minlanadi.

 

Foto:TASS