AQŞning Virjiniya ştatida syorfing böyiça çempionat vaqtida mahalliy axborot agentligi xodimi plyajdagi qum orasidan yulduzsanar baliqni aniqladi (şuningdek, dengiz sigirçasi deb ataladi). Bu baliqning katta boşi va doğ-doğ rangdagi yassilangan tanasi böladi. Bu haqda Fox26 portalida ma'lum qilindi.
Chesapeake buxtasi saytining ma'lum qilişiça, bu baliqlar odatda oçiq, çuqur suvlarning tubida yaşaydi. Ta'kidlanişiça, baliqning şahar plyajida aniqlanişi juda ğalatidir.

Şuningdek ta'kidlanişiça, bu baliqlar közlari va oğzi bilan qumga kömilib oladi, oğzi biroz qum ustiga öljasiga taşlaniş uçun çiqib turadi. Çempionat taşkilotçilarining fikriça, bu baliqlarning beozor fe'liga qaramasdan, uning elektr tikanlari odam uçun muayyan xavf soladi va ularni haqiqiy yirtqiç qiladi.







