Liviyaning sobiq yetakçisi Muammar Kazzofiyning öğli Sayf al-Islomning qamoqdan ozod etilişi haqida ba'zi şaxslar aytayotgan gaplar mas'uliyatsizlikdir. Şunday tasdiq bilan 10 iyulda Liviyaning yangi hukumati – xalqaro tan olingan milliy birdamlik hukumati prezidentlik kengaşi çiqdi.
Sayf al-Islom Kazzofiyning ozod qilinişi haqidagi gaplar "mas'uliyatsizdir va jinoyatçilar tegişli jazodan qutulib qolişlariga imkoniyat borligi haqidagi taxminni qöllab-quvvatlaydi", deyilgan hujjatda. Bu hujjat Kazzofiy öğlining ozod etilişi haqidagi xabarga Liviya hukumatining birinçi rasmiy munosabati böldi.
Bir vaqtning özida Prezidentlik kengaşi Kazzofiy öğli işi böyiça xalqaro taşkilotlar hamda Xalqaro jinoiy sud bilan agar ularning yondaşuvlari "Liviya qonunçiligiga zid kelmasa", hamkorlik qilişga tayyorligini tasdiqladi. Kengaş Sayf al-Islom Kazzofiy işi Liviya uçun katta ahamyatga ega ekanligini, çunki "Liviyaning suvereniteti va uning qilingan jinoyatlar uçun jazodan qutulib bölmaslik tamoyiliga amal qilişi bilan bevosita boğliqligini" ta'qidlab ötdi.
Bir neça kun avval Sayf al-Islom aprel örtalarida ozod qilingani haqida ma'lumot paydo bölgandi. Şuningdek, Sayf al-Islom advokatining ta'kidlaşiça, u umumiy amnistiya qonuni şartlariga tuşgan.
Sayf al-Islom 2011 yildan Zintona qamoğida jazo ötamoqda. Aynan zintonaliklar uni 2011 yilda hibsga olişgan. 2015 yil 24 iyulda Tripoli hakamlik sudi sirtdan Sayf al-Islomga ölim hukmini çiqargan. Ötgan juma kuni Zintona rahbariyati Sayf al-Islom qamoqda qolayotgani va uning taqdiri Liviya qonunlariga köra hal qilinişini aytgandi.







