Özbekiston Soğliqni saqlaş vazirligi va Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA), Janubiy Koreya agentligining «4-darajali çuqur ixtisoslaştirilgan klinikasi va köp tarmoqli Bolalar tibbiy markazining tibbiyot xodimlari malakasini oşiriş Markazini taşkil etiş» loyihasini amalga oşiriş böyiça muhokamalar protokolini imzoladi, deb xabar qilmoqda KOICAning Toşkentdagi matbuot xizmati.
Qiymati 7 mln AQŞ dollari bölgan loyiha 2016−2020 yillar mobaynida amalga oşiriladi. Tibbiyot sohasida innovatsion markazini taşkil etişdan maqsad, pediatriya sohasidagi tibbiy yordam sifatini yaxşilaş, pediatrlarning jarrohlik yönalişi böyiça amaliy salohiyatini mustahkamlaş, tadqiqotlar ötkaziş va örgatiş, kasallik hamda ölim hollarini kamaytirişga kömak berişdan iborat. Loyiha doirasida Janubiy Koreya va Özbekistonda mahorat darslari taşkil etiladi.
Köptarmoqli bolalar tibbiyot markazi esa, Koreya iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik jamğarmasi (EDCF) kömagida Toşkent şahrida 2017 yilda barpo etiladi. Jamğarma şu maqsadda 102,846 mln dollarlik imtiyozli zayom taqdim etgan. Özbekistonning loyihaga qöşgan hissasi 27,73 mln dollarni taşkil etadi. Şundan 20,78 mln dollari soliq va bojxona imtiyozlaridir.
Markaz 280 öringa ega bölib, kuniga 250 nafar bemorni qabul qila oladi. Unda, yiliga 1500ta jarrohlik amaliyotini ötkaziş imkoni mavjud böladi.







