Soçi rahbariyati plyajlarga keçki vaqt taşrif buyurişga çeklovlar kiritişdan voz keçdi, deb ma'lum qilindi şahar ma'muriyatida.

"Soçida tungi çömilişlarga taqiqlov bölmaydi. Soçi ma'muriyati birinçi navbatda şahar aholisining manfaatlarini hisobga olib, plyajlarga tungi vaqt taşrif buyurişga çeklovlar kiritiş fikridan qaytdi", deyilmoqda xabarda.

Soçi meri Anatoliy Paxomovning aytişiça, taklif qilingan çoralar kurort şahar mehmonlari va aholisini plyaj hududlaridagi xavfsizligini ta'minlaş uçun qaratilgan edi. 

"Şahar rahbariyati köplab soçiliklar plyajlarga erta tongda yoki işdan keyin keçi payt kelişlarini hisobga oladi. Ularni bu imkoniyatdan mahrum qiliş notöğri bölardi", deb aytildi Soçi ma'muriyatida.

Şu bilan birga şahar rahbariyatida ta'kidlanişiça, kunning tungi vaqti plyajlarda şifokorlar va qutqaruvçilar bölmaydi, şuning uçun çömiluvçilar öz xavfsizliklari uçun özlari javobgar böladilar va qonunçilik talablariga amal qilişga majburlar.

Avvalroq Soçi plyajlarida soatdan 20.00 dan 8.00 gaça çömiliş taqiqlangani ma'lum qilingandi.