Isroilda jurnalist 2015 yilda Sinay yarimoroli ustida Rossiyaning Airbus A321 samolyotini portlatgan terrorçilarning harakatlarini takrorlab, samolyot bortiga portlovçi qurilmaning mulyajini (soxta nusxasini) olib ötdi. Bu haqda Channel 2 TV report Sunday’ga iqtibos keltirgan holda The Times of Israel naşri xabar bermoqda. 

Isroillik jurnalist David Sulaymon terrorçilarning rejasini qaytara oldi.

U buning uçun qalbaki hujjatlar bilan Tel-Aviv aeroportiga farroş bölib işga kirdi va şu tariqa barça, jumladan yopiq hududlardagi xonalarga kirişga ruxsat oldi.

Jurnalistning aytişiça, u ikki kun davomida 12 ta samolyotda böla olgan va aeroport hududida unga yöriqnomada ruxsat berilgandan ham erkinroq harakatlanişga muvaffaq bölgan.

Sulaymonning aytişiça, u istalgan samolyotning bortiga kira olgan va hattoki yuk ortuvçi xodimlarga yordam bergan. Jurnalist şu tariqa xavfsizlik xizmatida şubha uyğotmoqçi bölgan, biroq uning bu harakatlari e'tiborsiz qolgan. 

Jurnalist bir neçta samolyotga gazli içimlik bankalarini olib ötganini videoga olgan. Rossiya samolyotida portlagan portlovçi qurilma aynan şunday idiş körinişida bortga olib ötilgandi.

Aeroport xavfsizlik xizmati jurnalistni ikki kundan keyin foş qila olgan. Aeroport ma'muriyatida bunday holatlar boşqa qaytarilmasligi uçun barça sa'y-harakatlar körila boşlangani ma'lum qilindi. Sulaymon ustidan politsiyaga ariza yozildi.

Rossiyaning "Kogaliymavia" aviakompaniyasining Misrdan Sankt-Peterburgga uçayotgan Airbus A321 samolyoti Sinay yarimoroli ustida 2015 yil 31 oktabrda portlagan. Samolyot bortida 217 yölovçi va ekipajning 7 nafar a'zosi bölgan. Ularning barçasi halok bölgan. Terakt uçun javobgarlikni IŞID jangarilari öz zimmasiga olgan.

2016 yil 16 iyunda AQŞ razvedkasi teraktni Misrning IŞID bilan boğliq "Ansor Bayt al-Maqdis" terrorçilik guruhi amalga oşirganini ma'lum qilgan.