Rossiyaning Tu-22M3 bombardimonçi samolyotlari 12 iyul ertalabki payt Palmiradan şarqroqda jangarilar obektlariga oskolka-fugasli bombalar bilan zarbalar berdi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligida ma'lum qilindi, deb xabar bermoqda "Interfaks" axborot agentligi. 

Rossiyadagi bazalardan havoga kötarilgan 6 ta samolyot IŞID jangarilarining Palmiradan şarqroqdagi, As-Suhna va Araqdagi pozitsiyalarini bombardimon qilgan.  

"Zarba oqibatida jangarilarning yirik dala lageri, uçta öq-dori va qurol-aslaha ombori, uçta tank, 4 ta piyoda askarlar harbiy maşinasi, yirik kalibrli pulemyotlar bilan jihozlangan 8 ta avtomobili hamda duşmanning katta sondagi tirik kuçi yöq qilindi", deb aytildi vazirlikda. 

Mudofaa vazirligida AQŞ boşçiligidagi xalqaro koalitsiya kuçlari hujum haqida oldindan ogohlantirilgani ta'kidlab ötildi. 

8 iyulda Xoms viloyatida jangarilar pozitsiyalariga hujum qilinayotgan vaqtda polkovnik Ryafagat Xabibullin va leytenant Yevgeniy Dolgin boşqargan vertolyot urib tuşirilgandi. Uçuvçilar halok bölgan. 

Rossiya mudofaa vazirligining rasmiy taxminiga köra, Suriyaga tegişli Mi-25 vertolyoti urib tuşirilgan. Rossiyalik harbiylar unda tekşiruv parvozini amalga oşirayotgan bölganlar. Vertolyot tanklarga qarşi TOW majmuasi raketasi bilan urib tuşirilgan. Biroq ba'zi ma'lumotlarga köra, urib tuşirilgan vertolyot Rossiya harbiy-koinot kuçlarining Mi-35M vertolyoti bölgan. Ba'zi harbiy mutaxassislar ham şu taxminni aytişgan hamda vertolyotga qarşi TOW majmuasi qöllanganiga şubha bildirişgan.