Özbek estradasining serqirra ijodkorlari surxondaryolik muxlislarini xuşnud etiş niyatida Denov tumanida boşlangan konsert dasturini 11-12 iyul kunlari viloyatning Sariosiyo hamda Şörçi tumanlarida davom ettirdilar. Vohalik muxlislarga xuşkayfiyat ulaşgan milliy va zamonaviy estrada yönalişida ijod qilayotgan xonandalarining bu taşrifi konsertga kelgan 5000 nafar muxlisga unutilmas lahzalarni hadya etdi. Bu haqda Yoşlar madaniyat va san'at markazi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Özbekiston Respublikasi Madaniyat va sport işlari vazirligi Yoşlar madaniyat va san'at markazi davlat unitar korxonasi tomonidan taşkil etilgan “Gözal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, Özbekistonim!” degan ezgu ğoyani özida mujassam etgankonsert dasturi 13 iyul kuni Surxon sport majmuasida davom etib, 14-15 iyul sanalarida Muzrobot, Şerobod tumanlaridan söng 16 iyul kuni Qizrobot tumani markaziy öyingohida öz yakuniga yetadi.








