Toşkentda maktabgaça ta'lim muassasalari tarbiyaçilari örtasida “Yil tarbiyaçisi – 2016” körik-tanlovining yakuniy bosqiçi bölib ötdi. Bu haqda «ÖzA» xabar bermoqda.

Tanlovda iştirok etgan tarbiyaçilarning bilim va iste'dodi törtta şart böyiça sinovdan ötkazildi. Test sinovi, tarbiyaçilarning özlari yasagan didaktik materiallari taqdimoti, “Bugungi tarbiyaçi qanday bölişi kerak?” mavzuidagi çiqiş hamda ertak, hikoya va masallardan parça ijro etiş hakamlar hay'ati tomonidan baholab borildi.

Farğona viloyati Quvasoy şahridagi 28-maktabgaça ta'lim muassasasi tarbiyaçisi Gulasal Zaynobiddinova birinçi örinni qölga kiritdi. 

– Muassasamizda matematika, nutq östiriş, savodxonlik, atrof-muhit va tabiat bilan tanişiş, musiqiy tarbiya, ingliz tili, jismoniy tarbiya böyiça maşğulotlar ötkaziladi, – deydi Gulasal Zaynobiddinova. – Bu tanlovda qatnaşib, köplab hamkasblarimning tajribasini örgandim. “Sehrli sandiqça”, “Mö'jizakor qutiça”, “Ajoyibotlar olami” nomli interfaol usuldagi işlarim hakamlarga ma'qul böldi.

Samarqand şahridagi 60-maxsus maktabgaça ta'lim muassasasi tarbiyaçisi Munavvar Qobilova ikkinçi, Toşkent şahri Şayxontohur tumanidagi 259-maktabgaça ta'lim muassasasi tarbiyaçisi Munisa Olimova uçinçi öringa loyiq topildi.