«Arsenal» jamoasi boş murabbiyi Arsen Venger çorşanba kuni Londonda «Napoli» jamoasi sport işlari direktori Kristiano Juntoli va neapolitanliklar klubi prezidenti Aurelio De Laurentis bilan uçraşadi.
Uçraşuvda «Napoli» hujumçisi Gonsalo Iguainning «Arsenal»ga ötişi masalasi muhokama qilinadi.
Bundan oldinroq, londonliklar klubi 28 yoşli bu argentinalik futbolçi uçun 50 million yevro va Olive Jiruning transfer huquqini berişga tayyorligi haqida xabar qilingandi.
RaiSport eksperti Çiro Venerato «Napoli» Iguainni «Arsenal»ga sotişiga işonç bildirgan.
«Vitselning transferi böyiça vositaçilar klubga Iguain uçun talabgor haqida ma'lum qilişgan. Bu taklif „Arsenal“ tomonidan berilgan. Gap 50 mln yevro va Jiruning transfer huquqi haqida ketmoqda. Menga ma'lum bölişiça, Venger bu agentdan „Napoli“ rahbari bilan Londondan uçraşuv taşkillaştirişni söragan. Iguain mamnuniyat bilan Angliyaga yöl oladi. „Arsenal“ unga yiliga 8 mln yevro maoş tölaşni nazarda tutuvçi 4 yillik şartnoma taklif qilmoqda. Menimça, „Napoli“ buyuk britaniyaliklarning taklifini qabul qiladi va uning örnini töldiriş uçun Milikka e'tiborini qaratadi», — deya Veneratoning sözlarini keltiradi 101 Great Goals.
Bugun Iguainga Xitoy jamoalaridan biri qiziqiş bildirayotgani, unga bir mavsum uçun 50 mln yevrolik maoş taklif qilayotgani haqida xabar ham paydo bölgandi. Bu taklifni qabul qiliş orqali 28 yoşli Iguain dunyodagi eng köp maoş oluvçi futbolçiga aylanişi mumkin bölardi.
Ötgan mavsumda Jiru Angliya çempionatining 38 uçraşuvida 16 gol urgan va 6 marta golli pas muallifi bölgan.
Iguainning körsatkiçi esa A Seriyaning 35 uçraşuvidagi 36 gol va 2 golli pas.
Manba: Tribuna.uz







