Avstriya sudi IŞIDning yollovçisi bölgan şaxsga nisbatan 20 yilga ozodlikdan mahrum etiş jazosini qölladi.
Frans Press agentligi ma'lumotiga köra, kelib çiqişiga köra bosniyalik bölgan 34 yoşli Ebu Teymu terroristik taşkilotga a'zoligi va teraktlar bilan tahdid qilişda ayblangan. U Suriyaga bir neça kişini jönatgan.
Terrorçi guruhlarga aloqadorligi isbotlangan yana bir kişi 10 yilga qamalgan.
IŞID bugungi kunda dunyodagi tinçlikka xavf solib turgan eng yirik taşkilot sanalib, 3 yil içida bu guruh Iroq va Suriyaning katta qismini bosib oldi. IŞIDga qarşi yagona front yöq. Bu taşkilotga qarşi Suriya va Iroq hukumati harbiylari mustaqil ravişda kuraşadi, AQŞ boşçiligidagi xalqaro koalitsiya samolyotlari havodan zarbalar beradi, şuningdek, mintaqada istiqomat qiluvçi kurdlar hamda livanlik va iroqlik şia guruhlari alohida ravişda janglarda iştirok etadi.







