Hindiston poçtasi hindlar uçun muqaddas hisoblangan Gang daryosi suvini yetkaziş tizimini yölga qöydi. Daryoning "muqaddas" suvi solingan idişga poçtaning saytlaridan birida onlayn buyurtma beriş imkoniyati paydo böldi.
Gang daryosidan suvni yetkazib beriş taşabbusini may oyi oxirida kommunikatsiya va axborot texnologiyalari vaziri Ravi Şankar Prasad bildirgandi. U buning zarurligini unga bir neça marotaba suvni yetkazib beriş tizimini yölga qöyiş iltimosi bilan murojaat qilganliklari bilan tuşuntirgan.
Endi Hindiston poçtasining onlayn-xizmatlar saytida (ePost Office) suvga buyurtma beriş bölimi mavjud bölib, unda ikkita mahsulotni tanlaş imkoniyati mavjud: Gangning boş irmoği hisoblanadigan Bxagiratxi daryosi oqib ötadigan Gangotri aholi punktidan olingan suv va Himoloy toğlarida joylaşgan, yoga bilan şuğullanuvçilar orasida ommabop bölgan Rişikeşdan olingan suv. Gangotridan olingan suv 200 va 500 millilitri uçun 25 va 35 rupiy, Rişikeşdan olingani esa mos ravişda 15 va 22 rupiy turadi. Bu narxga yetkazib beriş narxi kiritilmagan bölib, u yetkazib beriladigan joyga boğliq va xaridning narxini bir neça marotaba oşirib yuborişi mumkin.
Hozirça saytda çeklov qöyilgan bölib, bir buyurtmada 500 millilitrdan köproq suvga buyurtma berib bölmaydi va suv faqat Hindiston böylab yetkazib beriladi.
Suvga onlayn buyurtma berişdan taşqari, uni poçta bölimlarida sotib oliş mumkin. Biroq mahalliy OAVning ta'kidlaşiça, suv sotila boşlangan şaharlarda uning yetarliça olib kelinmagani sababli u sanoqli daqiqalarda sotib bölingan.







