Polşadagi Sosnovets şahri şarafini himoya qiluvçi «Zaglembe» jamoasi a'zosi bölgan serbiyalik himoyaçi Zarko Udoviçiç «Stal» (Melets) jamoasiga qarşi keçgan va 1:3 hisobidagi mağlubiyat bilan yakunlangan öyinda antiqa avtogol muallifi böldi. Bu gol urilişi tasvirlangan video epizoda YouTube portaliga joylaştirilgan.
Öyinning 62-daqiqasi davom etayotgan va tabloda 1:1 hisobi porlab turgan vaqtda serbiyalik futbolçi çap qanotda töpni qabul qiladi va öz darvozasi tomon harakatlanadi. U yölida raqiblarni aldab ötadi va öz jarima maydonçasiga "yorib kiradi". Şundan söng, u ötkir burçakdan turib zarb bilan tepgan töp darvoza töridan joy oladi. Töp darvozabon qöllari yuqorisidan ötib, öng burçak tomondagi tösinga tegadi va darvoza içiga kiradi.






