Buxoro aeroportida huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlari Rossiyadan qaytgan Özbekiston fuqaroligiga ega şaxsni qölga olgan. RIA Novosti agentligining respublika IIV vakiliga asoslanib xabar berişiça, bu şaxs ektremistik ruhdagi materiallarni Özbekiston hududiga olib kirmoqçi bölgandi.

"Moskva-Buxoro" reysi yölovçilarining bojxona tekşiruvidan ötkazilişi vaqtida yölovçilardan birining noutbuki hamda telefonida "Hizb ut-Tahrir" diniy oqimi tarğiboti uçun tayyorlangan videomateriallar aniqlangan. Şuningdek, qurilmalarda 300ga yaqin audiomateriallar bölgan", deya ma'lum qilgan manba.

Qölga olingan şaxs dastlabki tergov vaqtida Rossiyaning Kaluga viloyatida "Hizb ut-Tahrir" ğoyalari bilan tanişgani, Özbekistonga pasportini almaştiriş uçun kelgani, tezda Rossiyaga qaytib ketmoqçi bölgani haqida aytib bergan.

Unga nisbatan "Diniy ekstremizm ruhidagi materiallar olib kiriş, saqlaş va tarqatiş" moddasi böyiça jinoiy iş oçilgan. Qonunda bunday jinoyat uçun 5 yilga ozodlikdan mahrum etiş jazosi qöllaş nazarda tutilgan.