Urugvay terma jamoasi boş murabbiyi Oskar Tabaresga Giyena-Barre sindromi taşxisi qöyildi.
Bu xastalik asab tizimini işdan çiqaradi. Avvaliga sindrom oyoq işlamasligi orqali namoyon böladi va bir neça kun içida xastalik qöl faoliyatiga ham ta'sir körsata boşlaydi.
Belda, yelkada yoki belning tos suyaklarida, şuningdek, nafas oliş organlari muskullarida şollik alomatlari sezilişi mumkin. Tabares hozirda nogironlar aravaçasidan foydalanmoqda.
Keyingi yillarda uşbu xastalikdan vafot etiş holati 5 foizga kamaygan. Kasallik avjiga çiqib qaytganidan keyingi tiklaniş bir neça haftadan 2 yilgaça vaqt talab etişi mumkin.
Tabares Amerika Kubogi-2016 turniri davomida ham hassaga tayangan holda işlagandi, guruh bosqiçidagi uçinçi uçraşuvda esa u maxsus aravaçada maydonga çiqib kelgandi, lekin bu vaqtda uning xastaligi aniq aytilmagandi.
Tabares terma jamoani 2010 yilgi jahon çempionatining yarim finaliga olib çiqqandi.
Manba: Tribuna.uz







