Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğan mamlakat janubi-ğarbidagi Marmarise mehmonxonasidan ketişi vaqtida bino bombardimonga uçragani haqida ma'lum qildi.

"Ular men mehmonxonadan çiqqanimda u yerga zarba berişdi. Davlat töntarişi bir hovuç xoin harbiylar tomonidan sodir etildi. Ularning barçasi bartaraf etiladi, bunga heç kim şubha qilmasligi kerak. Men heç qayerga ketmayman, öz xalqim bilan qolaman", degan Erdöğan.

"Biz armiyamizni xoinlardan tozalaymiz. Ular xalqqa qarşi qurol kötarib çiqişdi. Yana köplab hibsga olişlar böladi. Zarur bölsa eng yuqori lavozimlilar ham hibs qilinadi", degan u.