Çexiyalik tennisçi Tomaş Berdix Rio-de-Janeyrodagi Olimpiadada iştirok etişdan boş tortgan tennisçilar qatorini töldirdi. Berdix bu haqda feysbukdagi sahifasida ma'lum qildi. 

"Afsus bilan aytişim kerakki, Rio-de-Janeyrodagi Olimpiadada iştirok etmayman. Men bu muşkul qarorni yaqinlarim bilan uzoq vaqt davom etgan muhokamadan keyin qabul qildim. Bu mening şaxsiy qarorim, biroq men muxlislarimga vaziyatni tuşuntirim kerakligini his qilmoqdaman. 

Iştirokdan voz keçişimning sababi – Braziliyadagi Zika virusi epidemiyasidir. Oilam soğliği men uçun ustuvor masaladir. Mening qarorimdan ranjigan barçaga uzrimni keltiraman", deb yozdi tennisçi.  

Bungaça Olimpiadada iştirok etişdan dunyoning eng yaxşi 30 tennisçisidan 9 nafari voz keçgandi, ular: Miloş Raoniç (7), Dominik Tim (9), Jon Isner (16), Nik Kiros (18), Bernard Tomiç (19), Felisyano Lopes (20), Lyuka Pui (21), Benua Per (22), Sem Kuerri (29).