Biz global isiş jarayoni önglab bölmas holat ekanligi haqida köp eşitamiz. Biroq Hindiston aholisi yorqin namuna orqali sayyoramiz taqdiri hali ham öz qölimizda ekanini isbotlab berdi. Albatta, agarda bu qöllar kelajak uçun qandaydir foydali işni amalga oşirişga tayyor bölsa. 

Hindistondagi Uttar-Pradeş ştatining 800 ming aholisi     — talaba va uy bekalaridan tortib hukumat lavozimidagilargaça  — barça birgalikda 49,3 milliondan ortiq köçatlarni bor-yöği 24 soat içida ekib çiqişdi! Şu tariqa Ginnes rekordlari kitobiga kiritilgan yangi jahon rekordi qayd etildi. Hindistonning aholi eng ziç joylaşgan ştati esa qora tutun örniga toza havodan nafas oliş umidiga muyassar böldi. 

Ekologiya böyiça hukumat dasturi doirasida 2030 yilga qadar 95 million gektarga yaqin daraxt köçatlari ekiş rejalaştirilmoqda. Axir Hindistonning oltita aholi yaşaş punktlari — Gvalior, Allaxobod, Patna, Raypur, Ludxiana va Dehli — dunyoning eng köp ifloslangan şaharlari öntaligiga kiradi. Hindlar esa bu körsatkiçni özgartirişga tayyor ekani bizni quvontiradi!