AQŞning şarqiy qismida joylaşgan Baltimor şahridagi Burger King yemakxonasida qurollangan jinoyatçi 4 nafar insonni garovga oldi. Bu haqda şahar politsiya vakillari xabar berdi.

“Qurollangan jinoyatçi 4 nafar insonni garovga oldi. Ular orasida 7 yoşli bola ham bor”, – deyiladi politsiya xabarida.

Ular bergan ma'lumotga köra, politsiya nomusga tegiş bilan qiduruvda bölgan jinoyatçining avtomobili körib qolişadi va uni töxtatişga harakat qilişadi. Biroq jinoyatçi politsiyadan qoçib, öz avtomobilida Burger King mijozlaridan birining maşinasiga şikast yetkazadi va qurol öqtalib, yemakxonaga bostirib kiradi.

Voqea joyiga politsiya xodimlari yetib kelişgan va jinoyatçi bilan kelişişga harakat qilişmoqda.