Özbekistonning birinçi raqamli tennisçisi Nigina Abduraimova Xitoyda Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) tomonidan taşkil etilgan xalqaro turnirda boş sovrinni qölga kiritdi. Bu haqda “ÖzA” xabar bermoqda. 

Nigina tailandlik Niça Lertpitaksinçayni 7:5, 6:4, xitoylik tennisçi Di Jaoni 4:6, 6:2, 4:0, çorak finalda mezbon tennisçi Fang Ying Xunni 6:2, 6:3, yarim finalda Janubiy Koreya vakili Su Jyeong Jangni 7:5, 4:6, 7:5 hisobida yengdi. Finalda xitoylik Fangjou Liu ustidan 7:5, 6:3 hisobida ğalaba qozondi.