AQŞ Davlat kotibi Jon Kerri Turkiyaning demokratik tamoyillarni buzuvçi harakatlari mamlakatning NATOda a'zolikni yöqotişiga olib kelişi mumkinligini aytdi, deb xabar bermoqda The Indepedent naşri.
Kerri Yevropa diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini bilan birga bergan qöşma matbuot-anjumanda AQŞ "Turkiyaning saylangan rahbariyati tomonida turişini" aytdi.
Biroq şunga qaramay Kerri AQŞ Turkiya hukumatini "mamlakat demokratik institutlari va qonun ustuvorligini hurmat qilişning eng yuqori standartlarini qöllab-quvvatlaşga" çaqirayotganini ta'kidlab ötdi.
"Biz şubhasiz töntaruvda aybdorlarning javobgarlikka tortilişini qöllab-quvvatlaymiz, biroq biz buning doirasidan taşqariga çiqadigan harakatlardan ogohlantiramiz", deb qöşimça qildi Kerri.
Mogerini ölim jazosiga ruxsat beruvçi davlatlar Yevropa Ittifoqiga qöşila olmasligidan ogohlantirdi. Kerri "NATO ham alyansga kiriş uçun demkoratiya hurmat qilinişi talabiga ega ekanligini" qöşimça qildi.
16 iyulda AQŞ prezidenti Barak Obama Turkiyadagi barça tomonlarni Rajab Toyib Erdöğanning demokratik saylangan hukumatini qöllab-quvvatlaşga çaqirgandi.
Turkiyada muvaffaqiyatsiz yakunlangan davlat töntaruvidan keyin harbiylarni ommaviy hibsga oliş va ölim jazosining qaytarilişi zarurligi muhokama qilinişi boşlandi.







