Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev respublika prezidenti vakolatini 7 yilgaça uzaytirişni taklif qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Aliyev bunday taklif bildirilgan "Ozarbayjon konstitutsiyasiga özgartirişlar kiritiş töğrisida"gi referendum haqidagi akt loyihasini mamlakatning Konstitutsion sudiga yubordi.  

Ma'lum qilinişiça, şuningdek, mamlakat konstitutsiyasining 100-moddasi "Ozarbayjon Respublikasi prezidenti nomzodlariga talablar"da prezidentlikka nomzod uçun yoş bilan boğliq çeklovlarni olib taşlaş taklif qilingan.