Şoir va jurnalist Behzod Fazliddin özbekistonlik ijodkorlar orasida urfga aylanayotgan köçirmakaşlik muammosi haqida maqola yozdi. "Bir monolog, ikki qöşiq mojarosi" nomli bu maqola "Toşkent haqiqati" gazetasida çop etilgan va gazetaning internet versiyasida ham naşr qilingan.
Tahririyat şu mavzuni ommalaştiriş, barçaga bildiriş kerak degan fikrda maqolani qayta e'lon qiliş qaroriga keldi. Quyida maqola özgartirişlarsiz keltirilgan.
Bir monolog, ikki qöşiq mojarosi
Köçirmakaşlik, mualliflik huquqi, söz qadri, ijod mas'uliyati haqida
Avvaliga gapni uzoqroqdan boşlamoqçi böldim: bugungi estrada san'atining manzarasi, mualliflik huquqi, söz hamda ijod mas'uliyati va yana birovning haqi, degandek. Ammo, gapning pöstkallasini aytgan ma'qul körindi.
Xususan, "Davr" guruhi ijrosidagi "Keraksan" qöşiğida mening muallifligimdagi "Mensizlik" şe'ri buzib ijro etilgan. Özim bu qöşiq haqida keyinroq xabar topdim. Öşa qöşiqni eşitgan söz muxlislari: "Şe'ringizni buzib aytişayapti", deyişganidan söng eşitib kördim. Ke yin bilsam, şe'rimning ba'zi satrlari buzilib, özgartirilgan, matn muallifi deb boşqa ni körsatişayotgan ekan.
Yana xonanda Bahrom Nazarov (aslida Jumaşev) "Onam römoli" qöşiğidan oldin mening şe'rlarim ("Onam yozolmagan şe'r", "Aybnoma", "Musofir", "Baxt manzili", "Öğil") satrlaridan "yulib" olingan sözlardan monolog ijro etibdi. Ya'ni, bir neça şe'rlarim satrlari buzilib, monolog yasalgan. Uşbu monolog xonandaning 2015 yil noyabr oyi da "Istiqlol" san'at saroyida bergan yakkaxon konsertida aytilgan, internet saytlarida ham tarqalgan. Bunga aniqlik kiritiş maqsadida xonanda bilan aloqador mas'ul odamlar bilan boğlandim, lekin tayinli javob ololmadim, madaniyatsizlarça muomaladan hayron böldim. Ikkala tomon ("Davr" guruhi va Bahrom Jumaşev) ham bu borada qöşiq va monolog matnini yozgan kişiga murojaat qilişim kerakligini aytib, öz zimmasidan javobgarlikni soqit qilmoqçi böldi.
B. Nazarov (Jumaşev) ning bildirişiça, monologni I. Dadajonova yozib bergan ekan. Mana, özingiz soliştirib köring:
Monologda:
Yöl uçun tuqqanmidingiz meni,
gul uçun tuqqanmidingiz,
pul uçun tuqqanmidingiz?
Şe'rda:
Yöl uçun tuqqanmidim,
Gul uçun tuqqanmidim,
Pul uçun tuqqanmidim
Monologda:
Titragan sozingni qöy, bolam,
böğilgan ovozingni qöy
Şe'rda:
Titragan sozingni qöy,
Böğiq ovozingni qöy.
Xullas, şu taxlit "ijod" monolog oxirigaça davom etadi...
Ta'kidlab ötiş kerak, yuqorida körsatilgan satrlari buzib ijro etilgan şe'r lar yaratilganiga ança yillar bölgan va ular allaqaçon öz muxlislariga ega.
"Davr" guruhi ijro etgan "Keraksan" qöşiği matni muallifi esa Yakzon taxallusi bilan ijod qilayotgan Şohruh Jörayev ekan. Haytovur, u şe'rimizdan foydalanganini tan olib turibdi, ammo otdan tuşsa ham egardan tuşiş niya tida emas...
"Davr" guruhi qöşiğida:
Keçalarim özimdan ğarib,
Armonlarim osmondan katta.
Yuragimga termilib turib,
Yiğlayapman birinçi marta.
Şe'rda:
Keçalaring özingday ğarib,
Armonlaring osmondan katta.
Yuragingga termilib turib,
Yiğlayapsan birinçi marta.
Yuqoridagi holatlar faqat mualliflik huquqi qonun-qoidalari buzilganinigina emas, köçirğiç ijodkorlaru xonandalarning madaniyati, ijod mas'uliyati, sözga munosabati qoniqarli darajada emasligini anglatadi. Bilamizki, ijod murakkab, maşaqqatli jarayon. Jumladan, biror şe'riy asar yaratiş va uni e'lon qiliş uçun ança zahmat çekiş, qança çiğiriqdan ötişga töğri keladi. Buni bir satr ustida ter tökib körgan kişi yaxşi tuşunadi, his qiladi. Kitob tayyorlaş va uni çop ettiriş esa undan-da oğir, zahmatli mehnatdir. Bugun borgan sari oddiy holga aylanib qolayotgan plagiat (köçirmakaşlik) tufayli asari ruxsatsiz buzilgan va özlaştirilgan muallifga qança zarar yetişi mumkinligini tasavvur qiliş qiyin emas. Qolaversa, adabiy asar muallifning daxlsiz mulki hisoblanadi va boş qalarning unga daxl qilişi qonunga köra taqiqlanadi. Yuqoridagi holatga köra, bizda juda köpçilik, jumladan, özini "san'atkor" sanab yurgan ba'zi xonandalar mualliflik huquqi haqida, birovning ma'naviy mulkiga tajovuz qilişning oqibati töğrisida yetarli tuşunçaga ega emasligi ma'lum bölmoqda.
Şularni inobatga olgan holda, yuqoridagi holatni yaxşiroq örganib, tegişli çoralar körişini sörab "Öz beknavo" estrada birlaşmasiga murojaat qildim. Uşbu holatga aniqlik kiritiş uçun nomi körsatilgan guruh vakili va xonanda B. Nazarov (Jumaşev) birlaşmaga çaqirildi. "Özbeknavo" mutaxassisi va xonandalar bilan suhbat davomida ular e'tirozni töğri qabul qilişdi, ammo yana buning uçun qöşiq va monolog matni muallifi javobgar bölişini aytişdi.
Men bu qöşiq hamda monolog guruh va xonandaning mulki sifatida katta sahnada, teleekran va internet saytlarida berilayotganini aytib, mualliflik huquqi qonun-qoidalari buzilganini tuşuntirişga urindim. Lekin, ular va birlaşma xodimi ham qayta-qayta qöşiq va monolog matni muallifi javobgar bölişini aytişdi. Nahotki, sahnada qöşiq yoki monolog ijro etgan xonanda bu uçun heç qanday javobgarlik, mas'uliyat sezmasa?! Tasavvur qiling, birovning şe'rini buzib ijro etgan har xonanda: "Menga falonçi yozib bergandi, öşanga boring, u javob beradi", deb tursa... Bu nimasi? Şu endi san'atmi, san'atkorlik madaniyatimi? Boş qa savollar ham paydo böladi. Xonandaning "öşa yozib bergan" bilan şartnomasi bormi? U rasman javobgar böla oladimi? Unda nega "monolog" muallifining nomi e'lon qi linmaydi? Yuqo ridagi holatlarga qaramay, birlaşma ma'muriyati xonandalarga heç qanday çora körmayotganini qanday tuşuniş mumkin?
Hozirgi vaqtda mualliflik huquqi qonun-qoidalari buzilişi hollari köp uçrayotgani, ayniqsa, ayrim xonandalar bu borada "peşqadam" ekani va buning oqibatida jabrlangan muallif-ijodkorlarga katta zarar yetayotgani, agar vaqtida çora körilmasa, muammo yanada çuqurroq ildiz otişi mumkinligini hisobga olib, oxiri şu iş yuzasidan sudga murojaat qildim. Qiziği şuki, heç "dumini tutqazmay" yurganlar sudga murojaat qilingandan ke yin meni qidirib, qayta-qayta qönğiroq qilib, yuzma-yuz gaplaşib olişni iltimos qilişdi...
Oçiği, bularni yoziş, ijod mas'uliyati, söz qadrini his qilmaydigan, birovning ha qidan qörqmaydigan bunday kimsalar bilan talaşib-tortişib yuriş menga juda noqulay, hatto, uyat darajasida bölsa-da, kelgusi huquqbuzarliklar, şe'r öğ rilik lari ning oldi olinişi mumkinligini öylab, şunday yöl tutişni ma'qul kördim. Ajablanarlisi, qay ta-qayta murojaat qilinayotgani, ommaviy axborot vositalarida tinmay bong urilayotganiga qaramay, nazarimizda, "Öz bek navo" bu masalaga yetarliça e'tibor bermayotganga öxşaydi. Aks hol da, muammo bu darajada jiddiy tus olmas edi...
Darvoqe, yana boşqa bir xonanda "Biz" nomli şe'rimni ijro etibdi. Xonanda bilan boğlanganimda, uning munosabatidan san'atkorlarga xos madaniyatdan uzoq ekani ma'lum böldi. Bir neça marotabalik dilxiraliklar aralaş muloqot davomida "Nega uyğonmaydi odamlar?" deya odamiylik, halollik, mehr-oqibat ha qida jöşib kuylagan xonandaning özida bu sifatlar kamyob ekani va şunday fazilatlar tarannum etilgan satrlarni aytişga arzimasligini yana bir bor anglab yetdim. Va darrov xayo limdan ötdi: "Nega uyalmaydi odamlar?"
Eng alamlisi, bunaqalar odamiylik, mehr-oqibat haqida qiçqirib çarçamaydi, lekin özlari boşqaça. Bundaylardan yurak qonim qöşilgan satrlarimni qizğanaman, juda qizğanaman. Aslida, bundaylar bilan tortişgan odam baraka topmaydi, çunki özingni muttahamga çiqarişga urinadi. Lekin jim qarab turib ham bölmaydi.
Söz qadri, ijod mas'uliyati, mualliflik huquqi masalalari bugun dolzarb muammoga aylanib ulgurgan ekan, özini hurmat qilgan har qanday ijodkor bunga befarq bölmasligi, har bir sözi uçun javobgar ekanini heç qaçon unutmasligi kerak!
Odil sud mazkur iş yuzasidan tegişli qaror çiqardi. Haq-huquqlarim poymol bölişiga yöl qöyilmadi. Ammo... Bu holat yana qaytarilmaydi, deb kim kafolat beradi? Balki ayni şu daqiqalarda yana qayerlardadir bir şoirning sözlari özi bexabar holda qöşiqqa aylanayotgandir? Kimdir birovning şe'rini pullab, xonandaning qarşisida lahzalik obro‘ olayotgandir?
Nima deysiz, zamondoş?
Behzod Fazliddin






