Yevropa Ittifoqining antimonopol taşkiloti yuk maşinalari işlab çiqaruvçi 4 ta kompaniyani noqonuniy ravişda narx borasida til biriktirgani uçun jarimaga tortdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Qoidabuzarlarga rekord qiymatdagi 3 mlrd yevroga yaqin jarima solindi. Sanktsiyalardan faqatgina Germaniyaning MAN maşinasozlik kompaniyasi qutula oldi.
Yevrokomissiyada tuşuntirilişiça, avtokompaniyalar 14 yil oldinga yuk maşinalarga narx borasida kelişib organlar. Bundan taşqari, ular çiqindi gazlarda zaharli moddalar saqlanişi böyiça qat'iylaştirilgan talablar bilan boğliq xarajatlarni mijozlar zimmasiga qöygan.
Bunda eng katta jarimani Mercedes-Benz markasi ostida maşinalar çiqaruvçi Daimler konserni tölaydi (1,09 yevro). DAF yuk maşinalarini işlab çiqaruvçi AQŞning Paccar maşinasiga 573 mln dollar yevro jarima qöyilgan. Volvo va Renault kompaniyalari birgalikda 670 mln yevro tölaydi. Iveco yuk maşinalarini işlab çiqaruvçi Italiyaning CNH kompaniyasi 495 mln dollar jarima tölaydi.
MAN kompaniyasi 1,2 mlrd yevrolik jarimadan Bryusselga öz vaqtida narx böyiça til biriktirişni ma'lum qilgani uçun qutulib qoldi. Kompaniyalar öz ayblarini tan olganlari uçun ularga solingan jarima qiymati 10 foizga kamaytirildi.







