Rossiya prezidenti Vladimir Putin öz qöriqlaş xizmati xodimlarini Federal qöriqlaş xizmatining 25 yilligi bilan tabrikladi va ularga "bekamu-köst xizmat" uçun minnatdorçilik bildirdi. Bu haqda Kreml saytida ma'lum qilindi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Putinning aytişiça, prezident xavfsizlik xizmati ayni vaqtda "munosib ravişda davlat qöriqlaş organlari tizimiga kiruvçi eng muhim tuzilmalardan biriga aylandi".
"Biz tom ma'noda "yelkama-yelka" işlaymiz va Prezidentni qöriqlaş xizmati bu haqiqiy professionallar va vatanparvarlarning jips jamoasi ekanligini bilaman. Sizga rostgöy va bekamu-köst xizmat uçun minnatdorçilik bildirmoqçiman. Sizlarga doimo işonişim mumkinligiga aminman", deb aytilmoqda bayram telegrammasida.
Putin xizmat xodimlari birinçi navbatda davlat rahbarlari va boşqa qöriqlanuvçi şaxslarning xavfsizligini ta'minlaşda "öz samaradorligi, benuqson tayyorgarligini" amalda namoyiş qilayotganlarini ta'kidlab ötdi.







