«Mançester Yunayted» jamoasining yangi boş murabbiyi Joze Mourino Xitoydagi yiğin davomida klub muxlislari bilan uçraşdi. «Çelsi» jamoasining sobiq murabbiyi bu uçraşuv vaqtida londonliklar jamoasi futbolkasiga dastxat qöyişdan boş tortgan.

Portugaliyalik mutaxassis dastxat qöyiş uçun «MYu» liboslari va atributkalarini taqdim etgan muxlislarga mamnuniyat bilan imzo tarqatgan, ammo «Çelsi» klubi libosini tutgan muxlisni körgaç, uning yuz ifodasi keskin özgargan va boşini çayqab, bu futbolkaga imzo qöymasligini bildirgan.

Bu holat tasvirlangan video internetga joylaştirilgan.

Bugun mançesterliklar jamoasi Dortmundning «Borussiya» jamoasiga qarşi örtoqlik uçraşuvi ötkazadi.

Ma'lumot uçun, Joze Mourino 2004–2007 hamda 2013–2015 yillar davomida «Çelsi» boş murabbiyi bölgan. Uning murabbiyligi vaqtida «Çelsi» 3 marta Angliya çempionligi, bir martadan Angliya Kubogi va Superkubogi hamda 3 marta Angliya Liga Kubogini qölga kiritgan.

Uning «MYu» bilan şartnomasi 3 yil muddatga tuzilgan.