Rossiya Olimpiya qömitasi (ROQ) Rio-de-Janeyrodagi Olimpiya öyinlari (OO‘) taşkiliy qömitasiga ROQ ijroiya qömitasi tomonidan tasdiqlangan, terma jamoaning töliq tarkibi tuşirilgan röyxatni jönatdi. Röyxatga 387 nafar sportçi kiritilgan bölib, ulardan 68 nafari yengil atletikaçilardir. Bu haqida TASS agentligi Rossiyaning OÖdagi delegatsiyasi rahbari Igor Kazikovning sözlariga asoslanib xabar berdi.
20 iyul kuni ROQ ijroiya qömitasi 387 nafar sportçidan iborat tarkibni tasdiqladi, ulardan 201 nafari erkak va 186 nafari ayol sportçilardir.
“Röyxat ROQ ijroiya qömitasi tasdiqlagan tarkibda Olimpiada taşkiliy qömitasiga yuborildi, - deya ma'lum qildi Kazikov. – Biroq bu xali heç narsa degani emas, biz XOQ ijroiya qömitasining ertaga, 24 iyul kuni qanday qarorga kelişini kutmoqdamiz”.
Payşanba kuni Sport arbitraj sudida ROQ rossiyalik yengil atletikaçilarning 2016 yilgi Olimpiya öyinlarida iştirok etişlariga doir oçilgan işda yutqazib qöydi. Şu tariqa, 2016 yilgi Öyinlarda faqatgina uzunlikka sakraş böyiça Darya Klişina qatnaşişi mumkin ekanligi ma'lum böldi.
2016 yilgi Olimpiya öyinlari 5-21 avgust kunlari Rio-de-Janeyroda bölib ötadi.







