21 iyul kuni Turkiyada 3 oy muddat davom etadigan favqulodda holat tartibining joriy etilişi Turkiya fuqarolarining kundalik hayotidagi huquq va erkinligini çegaralamaydi va dam oliş maqsadida kelgan mehmonlarga heç qanday ta'sir körsatmaydi. Bu haqda Turkiya elçixonasining Toşkentdagi elçixonasi tarqatgan Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi murojaatida ma'lum qilingan.

«Mehmonlarimizning Turkiya hududida xavfsiz dam olişi uçun heç qanday tösiq va çeklovlar mavjud emas», — qayd etilgan murojaatda.

Şuningdek, Turkiyada harbiy töntarilişga uriniş munosabati bilan muayyan muddatga yopilgan aeroportlar odatdagi rejimda havo kemalarini qabul qilib, yölovçilarga xizmat körsatmoqda.

«Salbiy hodisalar Antaliya, Muğla va Izmir kabi dam oliş hududlarida Turkiya fuqarolari va çet elliklarga heç qanday ta'sir körsatmadi», deya qayd etiladi elçixona tomonidan.

Ayni vaqtda kurortlar, talab qilingan xizmat körsatiş darajasini ta'minlovçi infratuzilmalar, dam oliş bazalari va mehmonxonalar öz faoliyatini davom ettirmoqda.