Jasur Abduraimov boşçiligidagi Özbekiston yoşlar terma jamoasi Singapur futbol uyuşmasi tomonidan taşkil etilgan, 21 yoşgaça futbolçilardan taşkil topgan terma jamoalar iştirokidagi xalqaro musobaqa doirasida Gonkong U-21 terma jamoasini mağlub etdi.

Singapur, Gonkong, Eron hamda Özbekiston yoşlar terma jamoalari iştirok etgan FAS U-21 International Challenge Cup 3-örini uçun keçgan uçraşuvda Özbekiston U-19 raqibi ustidan işonçli ğalabaga erişdi.

Suxrob Nurilloyev, Saidjamol Davlatjonov hamda Xojakbar Alijonovning 1-bölimdagi  gollari evaziga Özbekiston tanaffusga yirik hisobdagi ustunlik bilan çiqib ketdi.

2-bölim avvalida Doston Ibragimov Özbekistonning yana bir goliga mualliflik qildi. Şundan söng boşqa gollar bölmadi.

Özbekiston yoşlar terma jamoasi şu ğalaba evaziga musobaqaning 3-örinini egalladi.

Uşbu musobaqa Özbekiston U-19 uçun 2016 yilning 13–30 oktabr kunlari Bahraynda bölib ötadigan yoşlar örtasidagi Osiyo çempionatiga tayyorgarlikning navbatdagi bosqiçi vazifasini ötab berdi.

FAS U-21 International Challenge Cup

Özbekiston U-19 – Gonkong U-21 4:0

Gollar: Suxrob Nurulloyev (12), Saidjamol Davlatjonov (23), Xojakbar Alijonov (45+1), Doston Ibragimov (53)